Aleksandr Usik ikki chempionga qarshi jang o‘tkazmoqchi

  • 23 mart, 2020, 13:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Og‘ir vaznli ukrainalik Aleksandr Usik britaniyalik chempionlar Tayson Fyuri va Entoni Joshuaga qarshi ringga chiqishni istayotganini aytdi.

"Men har ikkisiga qarshi jang qilmoqchiman. Buning uchun harakat qilaman.

Ularning o‘zaro jangimi? Men so‘ngi vaqtda, kim bilan kim jang qilishi haqida o‘ylamayapman. Taxminlar yo‘q”,-degan so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.

33 yoshli Usik professional ringda 17 jangda 17 g‘alabaga erishgan (13 KO).

23 may kuni ukrainalik bokschi Londonda Derek Chisora bilan jang o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!