Aleksandr Volkanovski UFC bilan yangi shartnoma imzoladi
Yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Aleksandr Volkanovski promoushen bilan yangi kelishuv tuzdi.
Bu haqida avstraliyalik Demetrius Jonsonning "Mighty" YouTube kanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda Aleksandr Volkanovski 37 yosh. U 2016 yildan beri UFC da ishtirok etib kelmoqda. 1 fevral kuni Sidney shahrida bo'lib o'tgan "UFC 325" turnirida Volkanovski braziliyalik Diego Lopesga qarshi revanш o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.
G'iyosiddin Uralov tayyorladi
Fikrlar