Aleksandr Volkov: "Frensis Ngannuni qanday mag‘lub etishni bilaman"

  • 30 mart, 2021, 14:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFCning og‘ir vazn toifasidagi vakili rossiyalik Aleksandr Volkov ushbu divizionning yangi chempioni Frensis Ngannuni qanday mag‘lub etish yo‘lini bilishini aytdi.

Tecno

"Albatta, men uchun eng kuchlisi bilan jang qilish katta sharaf... Ngannu bilan jang qilmoqchiman va g‘alaba qozonish uchun bor kuchimni sarflashga harakat qilardim.

O‘zimga ishonaman! Shuning uchun UFCdaman. Chempionlik kamarini olishga harakat qilaman. Tabiiyki, uning misolida katta xavfni ko‘raman. Biroq, ushbu imkoniyatdan foydalanishga va u bilan jang qilishga tayyorman.

Men jangchiman, juda ko‘p mashq qilaman va uni qanday mag‘lub etishni bilaman. Qobiliyat bor, uni anglash va jangda ko‘rsatishgina qoladi", - dedi Volkov.

Fyodor Emelyanenkoning navbatdagi raqibi ma’lum

Rasman! Toni Fergyusonning navbatdagi jang sanasi e’lon qilindi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!