
Aleksandr Xomyakov: "Bunday o‘yinlar bizning foydamizga ishlaydi"
“Andijon” – “Dinamo” (2:2) o‘rtasidagi bahsdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Guvohi bo‘lganinglardek, etarlicha og‘ir o‘yin bo‘ldi. 90 daqiqa davomida qiyin o‘yin o‘tkazdik. Birinchi bo‘limni juda yomon boshladik, statistika bo‘yicha ham kamroq harakat qildik. Raqib sifatli o‘ynab, ko‘plab vaziyatlar yaratdi. O‘z darajamizda o‘ynay omadik. Juda sekin harakatlandik. Ba’zida raqibni to‘g‘ri baholay olmadik. Ko‘p holatlarda emotsiyalarga berildik. Ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘nglashga harakat qildik, hisobni tenglashtirdik. Keyin yana qarshi hujumda gol o‘tkazib yubordik. Hayriyat, o‘yin oxirigacha hisobni tenglashtira oldik. Bunday o‘yinlar bizga foydali bo‘ladi Futbolchilarimiz tempni oshirishadi, ishlashda davom etamiz, albatta.
- Zaxiradan maydonga tushgan o‘yinchilar borasida taktika xatolikka yo‘l qo‘yildimi?
- Qanday taktik almashtirishda xato bo‘ldi? O‘yinchi almashtirish borasidagimi? Axir zaxiradan tushgan futbolchilar gol urishdi-ku! Men qanday xato qilgan bo‘laman? Balki sizga shunday ko‘ringandir. Men pastdaman, sizlar yuqorida va yaxshi ko‘ringandir. Aytinglar, menga xatolarni. Men tushirgan o‘yinchilar gollar urishdi. Agar sizga boshqacha tuyulgan bo‘lsa bilmadim. Birinchi bo‘limda yaxshi vaziyatlarni yarata olmadik. Ikkinchi bo‘limda o‘zgartirdik, gol urganimizdan keyin oldinga intildik. G‘alaba qozonishni xohlagandik. Balki men qaerdadir adashgandirman. hozirgi holatimda bir nima deya olmayman.
- Chempionat bilan Kubok o‘yini o‘rtasidagi farq bilindimi?
- Biz yigitlarga tushuntirdik, xoh u chempionat bo‘ladimi yoki Kubokmi farqi yo‘q, ashaddiy muxlislarimiz bizdan doim g‘alaba kutishadi. Harakat qildik, yana aytaman: birinchi bo‘limda tartibsiz harakat qildik. O‘yinning katta qismini maydon markazida o‘tkazdik, aytganimdek bunday o‘yinlar kerak, bizga. Dastlabki 10 daqiqada harakatlandik, keyin raqib vaziyatlar yarata boshlashdi, o‘yin tashkil qilishda muammolar bo‘ldi. Yakka kurashlarda yutqazdik. Agar sifatli o‘yin ko‘rsatganimizda boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Ularning hujumlari xavfli chiqdi. Qizirqarli o‘yin guvohi bo‘ldik. O‘z ustimizda ishlaymiz. Tomoshabop o‘yin bo‘ldi.
- Bu “o‘lim guruhi” deb nomlanayotgandi. Ko‘pchilik “Dinamo”ni autsayder sifatida baholayotgandilar. 2:2 hisobidagi durangdan keyin fikrlaringiz qanday?
- Nima ham derdim, uchta o‘yinda iloji boricha ochkolar yig‘ishga, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Taxminan bilamiz, qancha ochko jamg‘argan jamoa keyingi bosqichga o‘tishi mumkinligini. Qanday rejalarimiz bo‘ladi? Yutishni istaymiz. Harakat qilamiz, yana qaytaraman: bunday o‘yinlar to‘g‘ri xulosa chiqarishga yordam beradi, foydamizga xizmat qiladi. Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz, deb o‘ylayman.
Fikrlar