Aleksandr Xomyakov: "Natijadan qoniqdim, lekin..."

  • 3 iyun, 2023, 01:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Andijon” – “Olimpiya” (6:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov quyidagilarni aytdi:

- Nima deyishim mumkin? Natijadan qoniqdim. Lekin biz bortda qolib ketdik. Nima qilishimiz kerak bo‘lsa, barchasini bajardik. Baribir guruhda qolib ketdik. Hammasi uchun yigitlarga rahmat. Ular mehnat qilishdi va kurashishdi.

“Olimpik” – “Navbahor” uchrashuvidagi natijani kuzatib bordik. Afsuski, u erda kutilmagan natija yuz berdi. Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Biroq biz guruhdan chiqolmadik. Endi qisqa muddatga tanaffusga chiqamiz. May oyida ancha tig‘iz taqvim bor edi. Endi biroz dam olamiz va keyin kelgan joyidan davom ettiramiz.

- Islom Mamatkazinning o‘yinini qanday baholaysiz?

- Islom Mamatkazin yosh o‘yinchi, o‘sib boryapti. Yaxshi harakat qilyapti. Agar mana shunday tarzda o‘z ustida ko‘proq ishlasa yaxshi bo‘ladi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!