Aleksandr Xomyakov: “Paxtakor” bilan o‘yinga alohida tayyorgarlik ko‘ramiz
O‘zbekiston kubogi doirasidagi "Istiqlol" - "Mash’al" (0:5) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Ilk o‘yin va yirik natija. O‘ylaymanki, barchani yana bir bor xursand qildik. Ubaydullaev afsuski safimizdan biroz muddat chiqadigan bo‘ldi. Uning jarohati anchagina jiddiy. Endi chempionat bahsida «Paxtakor»ni qabul qilamiz. Bu o‘yinga esa alohida tayyorgarlik ko‘ramiz. Barchani g‘alaba bilan tabriklayman, - deydi Xomyakov.

Ma’lumot o‘rnida, “Mash’al” o‘z maydonida “Paxtakor” bilan 31 mart kuni kuch sinashadi.

Fikrlar