Aleksandr Xomyakov: "Raqib gol urish uchun vaziyatlarni o‘zi yaratgani yo‘q, birinchi raqam bilan o‘ynadik"

  • 3 fevral, 2023, 19:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” – “Fakel” (1:4) uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Umumiy ma’noda aytadigan bo‘lsam, o‘yindan qoniqdim. Bu raqib bizga muammo tug‘dirishini bilgandik. Chunki o‘tgan yili premer-ligaga chiqqan va bu yil elitada munosib o‘yin ko‘rsatishyapti. Bugungi uchrashuvda qarshi hujum emas, balki hujumkor o‘yin ko‘rsatishni rejalashtirgandik. Shuningdek, pressing qo‘llashimiz ko‘zda tutilgandi.

60 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida ustunlik biz tomonda bo‘ldi. Raqib gol urish uchun vaziyatlarni o‘zi yaratgani yo‘q. Faqat biz yosh bolalarcha xato qilganimiz uchun ular gol urib ketishdi. Yana qaytaraman: o‘yin bo‘yicha qoniqdim, xursand bo‘ldim. Birinchi raqam bilan o‘ynadik. Aynan ushbu maxsus hujumkor va to‘pni nazorat qilish taktikasini tanladik. Chunki oldin o‘yinimizda mana shunday uslubda o‘ynashimiz bo‘yicha muammo bo‘lgandi. Bugun kamchiliklarimizni ko‘rdik. Albatta, natija biz uchun yaxshi emas. 60-daqiqadan keyin yoshlar maydonga tushishdi. Ammo o‘yinga to‘liq moslasha olmadilar va birin ketin 2 ta gol o‘tkazib yubordik.

Litovkada isitma bor edi. Shunga dam berdik. Keyingi o‘yinda maydonga tushadi.

Dilshod Komilov o‘tgan o‘yinda 30 daqiqa o‘ynadi. Axtam Nazarov bugun debyutini o‘tkazdi. Unga birinchi o‘yindanoq moslashish oson emasdi. Ozgina vaqt kerak. Lekin Nazarovda katta tajriba bor. Birinchi o‘yindanoq ko‘rinib turibdiki, sifatli o‘yinchi. Jamoamizga albatta yordam beradi. Tojikiston terma jamoasi sardori. Bejizga 60 dan ortiq uchrashuvlarda o‘ynamagan. Dilshod Komilovga kelsak, u hali yosh. Albatta u ham bizga yordam beradi. Katta futbol uning uchun endi boshlandi. Kavtardze bilan Arveladze ham ko‘rinib turibdiki, ikkisi sifatli. Lekin jismonan to‘liq tayyor emas. Shunday bo‘lsa-da, qanday o‘ynashni bilishadi. Ularni jismonan tayyorlash biz murabbiylarning ishimiz.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
03/02/2023 20:38
Яшанг ХОМЯКОВ ОГА су'злариз ва ишларизда маъно бор ИНШААЛЛОХ, яхши жамоа шакиллантиряпсиз аммо лекин битта ту'п урар х,ужимчи зарур