
Aleksandr Xomyakov Superliga klubida ish boshladimi?
Muxlislarimizga yaxshi tanish bo‘lgan rossiyalik murabbiy Aleksandr Xomyakov o‘tgan yili “Andijon”ni tark etib, “Buxoro”da maslahatchi murabbiy sifatida ishlagandi. Ammo u erdagi faoliyatini ko‘ngildagidek chiqdi deb aytib bo‘lmaydi. Zero, “Buxoro” kuchlilar safini tark etgach, o‘z-o‘zidan Xomyakov ham klub bilan xayrlashgandi.
O‘tgan oyda yana yurtimizga qaytgan Aleksandr Andreevichning endi qaysi klubda faoliyatini davom ettirishi qiziq tuyulayotgandi. Sports.uz ma’lumotiga qaraganda, Xomyakov Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubida ish boshlagan. U erda jamoa ustozi Ulug‘bek Baqoevga maslahatchi murabbiy sifatida ko‘maklashayotgani ma’lum bo‘ldi. Xomyakov bu jamoada mavsum oxirigacha ishlaydimi yoki vaqtinchami? Bunisi hozircha bizga qorong‘u.
Fikrlar