Aleksis yangi jamoada to‘p suradi
“Milan” klubi rahbariyati Belgiyaning “Anderlext” jamoasidan himoyachi Aleksis Salemakersni sotib olganini e’lon qildi.
21 yoshli futbolchi milanliklar bilan to‘rt yillik shartnoma imzolaydi. Bu transferning summasi 3,5 million evroni tashkil qildi.
Belgiyalik futbolchi faoliyati davomida jami 77 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol va 12 ta golli pas muallifi bo‘lgan.

Fikrlar