
Ali Abdel-Aziz: "Aleks Pereyraning ertagi 2025 yilda tugaydi"
Menejer Ali Abdel-Aziz Magomed Ankalaevning kelajagi haqida gapirdi.
"Agar Ankalaev Aleksandr Rakichni maglub etsa, keyingi jangida titul uchun kurash olib boradi. Bu haqda UFC rasmiylari xabar berdi. Magomed hozir yarim og‘ir vazndagi eng kuchli jangchi. To‘g‘ri, siz Aleks Pereyrani aytishingiz mumkin.Tan olaman, u katta yulduz. Ammo braziliyalikning ertagi 2025 yilda, rossiyalik yigitga qarshi bahsdan so‘ng tugaydi", - deya menejerning so‘zlarini keltirdi sherdog portali.
Eslatib o‘tamiz, Magomed Ankalaev (18-1-1-1 N/C) 26 oktyabr kuni "UFC 308" turnirida Aleksandr Rakich(14-4)ga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Fikrlar