
Alisher Nikimbaev SFI Management Group «Paxtakor»ga homiylik qilishni to‘xtatgani, klub qaysi tashkilot tasarrufiga o‘tgani borasida ma’lumot berdi
Oxirgi vaqtlarda "Paxtakor" klubi va uning atrofidagi xabarlar tinmayapti. Jamoa homiysi endi klubga pul ajratmasligi borasida ma’lumotlar ko‘paygandi.
Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev telegramdagi sahifasida ushbu holatga aniqlik kiritdi.
- Shunday qilib, SFI Management Group tarkibidan chiqqan "Paxtakor" FKning 80 foiz aktsiyalari Toshkent shahar hokimiyatiga qaytarib berildi va endi, 2017 yil aprel oyiga qadar bo‘lgani kabi, klub to‘liq shahar hokimligiga tegishli. Ammo, bu "Paxtakor" FK shahar byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi, degani emas. Katta ehtimol bilan klubda homiylik guruhi bo‘ladi, ular klubga g‘amxo‘rlik qilish yukini o‘z zimmalariga olishadi.
Umuman olganda, "Paxtakor" bilan sodir bo‘lgan voqealar futbol klublari aktsiyalari bilan bog‘liq vaziyatni qayta ko‘rib chiqishga sabab bo‘lishi kerak. "Paxtakor"ning aktsiyalari bo‘lgan SFI Management Group aktsiyalarini qaytargach, klubni qiyin ahvolda qoldirdi. Hatto OFK Chempionlar Ligasida ishtirok etish uchun ham klubda kerakli mablag yo‘q edi va rahbariyat kredit olishga majbur bo‘ldi. Aslida klubning beqaror moliyaviy ahvoli Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizlikka sabab bo‘lgan.
Keyingi safar aktsiyador klubdagi ulushidan voz kechmoqchi bo‘lsa, undan ketishdan oldin kamida 6 oy davomida klub xarajatlarini kafolatlashni talab qilishi kerak.
"Paxtakor"ga kelsak, endi vaziyat yaqin kelajakda ijobiy tomonga o‘zgarishiga umid bor, - dedi Alisher Nikimbaev.
Fikrlar