
Allegri “Arsenal”ni qutqarmoqchi
“Milan” va “Yuventus”ni muvaffaqiyali boshqargan Massimiliano Allegri “Arsenal” boshqaruvini qo‘lga olishga tayyor ekanini bildirdi.
O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Angliya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan Mikel Arteta jamoasi joriy chempionatda klub rahbariyati va muxlislar ishonchini oqlay olmayapti. O‘tkazilgan 11 ta uchrashuvda atigi 13 ochko jamg‘argan “to‘pchilar” musobaqa jadvalining 15-qatoridan joy olgan.
Hozircha, “Arsenal” xo‘jayinlari yangi yil atrofidagi tig‘iz taqvim oldidan bu o‘zgarishga qo‘l urmoqchi emas. Biroq, Allegri har ehtimolga qarshi, istalgan paytda jamoa boshqaruvini qabul qilishga tayyorligi va Angliyada ishlash uchun ingliz tilini etarli darajada o‘zlashtirib olganini ma’lum qildi.
Fikrlar