
Allegri faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
Turinning "Yuventus" klubi sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Standard nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 51 yoshli italiyalik mutaxassisga "Chelsi"dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. “Aristokratlar” uni boshqa bir italiyalik mutaxassis Mauritsio Sarrining o‘rniga munosib ko‘rishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Allegri besh yillik faoliyatidan so‘ng "Yuventus"ni tark etdi. U turinliklar bilan jami 11ta sovringa ega chiqdi.
Fikrlar