
Allegri ortidan Vidal: APL klubi katta o‘zgarishlarga tayyorgarlik qilmoqda
"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal "Nyukasl" qiziqishlari doirasiga kirdi, deya xabar bermoqda Ispaniya matbuoti.
Mundo Deportivo nashri ma’lumotiga ko‘ra, chililik futbolchi APL klubi taklifini ko‘rib chiqishga tayyor. Bungacha "Nyukasl" ayni vaqtda erkin agent maqomida bo‘lgan Massimiliano Allegrini jamoa boshqaruviga olib kelishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Shuningdek, Vidal xizmatlariga A Seriya vakili "Inter"dan ham qiziqishlar bo‘lmoqda. Uning "Barselona" bilan shartnomasi keyingi yil yozida yakuniga etadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, "Nyukasl"ni Saudiya Arabistoni shahzodasi sotib olish niyatidaligi ma’lum bo‘lgan edi.
Fikrlar