Allegri "Real" va MYudan takliflar borligiga qaramay "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi

  • 8 yanvar, 2019, 20:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri amaldagi shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 51 yoshli italiyalik mutaxassis “Manchester Yunayted” va “Real” Madrid kabi jamoalardan jiddiy takliflar bo‘layotganiga qaramay “keksa sinora”ni boshqarishda davom etmoqchi. U bu boradagi yakuniy qarorini mart oyida qabul qilishini aytgan.

Ma’lumot uchun, Allegri “Yuventus”ni 2014 yildan buyon boshqarib kelmoqda. U ushbu vaqt mobaynida turinliklar bilan 4 karra Italiya chempioni, 4 karra Italiya kubogi sohibi va bir marta Italiya Superkubogi sohibiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!