
Allegri uchun yana bir super klub o‘z eshiklarini yopdi
Myunxenning "Bavariya" klubi rahbariyati jamoaga italiyalik mutaxassis Massimiliano Allegrini taklif qilishd rejasidan qaytdi.
Le10 Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, nemis grandi hamon Xans-Diter Flikning xizmatlariga ishonch bildirishda davom etmoqchi. Aytish kerakki, tomonlar yaqindagina yangi shartnoma imzolashgan edi.
55 yoshli Flik “Bavariya”ni 2019 yilning noyabridan buyon, aniqrog‘i rahbariyat Niko Kovachni iste’foga chiqarganidan buyon boshqarib kelmoqda.
Allegri esa deyarli bir yildan buyon ishsiz hisoblanadi. Bundan avvalroq unga “Nyukasl”dan jiddiy takliflar bo‘layotgani haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar