
Allegri yana A Seriyada ishlashi mumkin
"Yuventus"ning sobiq ustozi Massimiliano Allegri "Roma" klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda, Corriere dello Sport nashri xabar berdi.
Rim klubining yangi rahbariyati jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Paulu Fonsekani boshqaruvga munosib ko‘rmayapti.
O‘z navbatida, Allegri "Roma" klubining taklifini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi. U faoliyatini davom ettirishni istamoqda, chunki "Yuventus"dan ketganidan keyin, 1 yildan ortiqroq vaqtdan beri ishsiz qolmoqda.
Ta’kidlanishicha, italiyalik mutaxassis yangi ish joyidan yiliga 10 mln evro maosh olmoqchi bo‘lgan, ammo u endi kamroq maoshga ham rozi.
Fikrlar