Allegri yana "Yuventus"ga qaytadi?!

  • 4 aprel, 2021, 22:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Yuventus" prezidenti Andrea Anelli kecha A Seriyaning 29-turidan o‘rin olgan "Torino"ga (2:2) qarshi o‘yinni “keksa sinora”ning sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan birga tomosha qilgan. Bu haqda italiyalik jurnalist Toni Damashelli o‘zining Il Giornale nashridagi xabarida ma’lum qilgan.

"Andrea Pirlo “Yuventus” bosh murabbiyi bo‘lib qoladimi yoki yo‘qligi bilmayman, lekin shanba kungi o‘yinni Allegri va Anelli prezidentning uyida birga tomosha qilishganini bilaman. Ularning uchrashuvi shunchaki do‘stona bo‘lgandir, ammo klub rahbariyati ortiq bunday davom etish mumkin emasligini tushunmoqda. Pirlo maydonda o‘qituvchi edi, ammo murabbiy sifatida bunday emas. U bilan futbolchilar o‘rtasidagi tushunmovchilik xavfli darajaga chiqqan", — dedi jurnalist.

Eslatib o‘tamiz, Allegri "Yuventus"ni 2014-2019 yillarda boshqargan. Jamoa uning qo‘l ostida 5 marta Italiya chempioni bo‘ldi va 4 marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Allergi hozirda ishsiz hisoblanadi.

Pirlo “Yuventus”ni 2020 yilning yozida qabul qilib olgan edi. Bunga qadar esa jamoani bir mavsum Mauritsio Sarri boshqardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!