
Alli "Tottenxem" safidagi yubiley uchrashuvini o‘tkazdi
Londonning “Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Dele Alli kecha o‘zining yubiley uchrashuvini o‘tkazdi.
Aniqrog‘i, APLning 17-turidan o‘rin olgan "Vulverxempton"ga qarshi o‘yin 23 yoshli angliyalik futbolchi uchun “shporlar” safidagi 200-o‘yin bo‘ldi.
Eslatib o‘tish lozimki, Alli “Tottenxem” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 59 ta gol hamda 52 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar