Al’varesning agentlari "Barselona"ga murojaat qildi

  • 08.06.2026 15:34
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Atletiko Madrid" hujumchisi Xulian Al'varesning vakillari "Barselona" rahbariyatiga muhim iltimos bilan murojaat qildi.

"The Touchline" nashri ma'lumotiga koʻra, agentlar kataloniyaliklardan yaqin bir oy ichida futbolchini sotib olish boʻyicha harakatlarni toʻxtatib turishni soʻragan.

Manba ta'kidlashicha, Al'vares oxir-oqibat "Atletiko" uni "Barselona"ga qoʻyib yuborishiga ishonmoqda. Biroq argentinalik forvard hozircha butun e'tiborini Jahon chempionatiga qaratgan va transfer mavzusi bilan chalgʻishni istamayapti.

26 yoshli hujumchi oʻtgan mavsum barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma muallifi boʻldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!