
Amaldagi UFC chempioni faoliyatini yakunlashini e’lon qildi
Og‘ir vaznda UFC chempioni Jon Jons(27-1-1 N/C) Stipe Miochich(20-4) bilan jangidan so‘ng faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.
"Avval ham aytganimdek, meni endi tasodifiy janglar qiziqtirmaydi. Men o‘z rejamga sodiq qolaman - Jon Jons hech kimni ta’qib qilmayapti. Menga yana kamar kerakmi?! O‘z rekordimni necha marta buzishim kerak?! Men 37 yoshdaman, hammaning ko‘ngliga qarab o‘tirmayman. Maqsadim hikoyamni yaxshi yakunlash va Tom Bredi, Floyd Meyvezer kabi nafaqadagi boshqa yigitlarga qo‘shilish", – dedi Jons.
Fikrlar