
Amin Ergashev Sochida jang qiladi...Raqib va jang sanasi ham ma’lum
O‘zbekistonlik mashhur MMA jangchisi Amin Ergashev navbatdagi jangini o‘tkazadi. Og‘ir vazn toifasida faoliyat yuritadigan navoiylik sportchi 21 noyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida oktagonga ko‘tariladi. U “M-1 Global” promousheni tashkil qilayotgan jang kechasida rossiyalik jiddiy raqib Oleg Popov bilan to‘qnash keladi.
Oleg faoliyati mobaynida 8 ta jang jang o‘tkazib, ularning 7 tasida g‘alaba qozongan. Bir bora mag‘lubiyat qayd etgan. Hamyurtimiz esa 10-4 ko‘rsatkichga ega.
Ma’lumot uchun, Ergashev so‘nggi marta 2019 yil 23 noyabrda Toshkentda tashkil etilgan "GFC 20" turnirida jang qilgan edi.
Fikrlar