
Amorim Garnachoning noroziligi haqida gapirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorimning aytishicha, "qizil iblislar" vingeri Alexandro Garnacho uni sotib yuborish haqidagi mish-mishlar fonida ba’zida norozilik bildiradi. Avvalroq argentinalik futbolchiga "Napoli" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Menimcha, u o‘yinning barcha jihatlarida o‘sib bormoqda. Ba’zida Garnacho norozilik bildiradi, lekin bu yaxshi – bu uning ko‘proq narsani xohlayotganini anglatadi. U katta iqtidorga ega futbolchi", – dedi portugaliyalik mutaxassis.
Joriy mavsumda 20 yoshli Garnacho barcha turnirlarda 33 o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. "Transfermarkt" ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 50 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar