Amorim: "Mag‘lubiyatdan keyingi hissiyotni ta’riflab bo‘lmaydi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Angliya Liga kubogida "Grimsbi Taun"dan keyingi holat haqida fikr bildirdi.
"O‘yindan so‘ng klubni tark etish istagi paydo bo‘lgandek bo‘ldi. Hozir bunday hissiyot yo‘q. Bu – mag‘lubiyatning eng og‘ir qismi.
Ba’zan natija emas, balki qanday mag‘lub bo‘lganimiz yoki durang o‘ynaganimiz qiyin qabul qilinadi. Chunki biz ko‘prog‘iga qodirmiz. Gap to‘p uchun kurash, harakat, mayda detallarda. Ba’zan o‘yinimiz darajasi tushib ketadi.
Yaxshisi, oldindagi uchrashuvda bu darajani ko‘tarish imkonimiz bor", — deya ta’rif berib o‘tdi portugaliyalik murabbiy.
Fikrlar