Amorim — Maynu haqida: "U asosiy rejamdan joy olgan, lekin raqobat kuchli"

  • 26 iyul, 03:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa yarim himoyachisi Kobbi Maynuning imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Maynu yarim himoyaning har ikki pozitsiyasida ham o‘ynay oladi. O‘tgan mavsumda u ko‘proq hujumkor rolda harakat qildi. U doimiy ravishda to‘p bilan aloqada bo‘lishi kerak. Men uni juda iqtidorli deb hisoblayman, lekin buni mendan ham yaxshiroq bilasizlar.

Ruben Amorim, Manager of Manchester United, shakes hands with Kobbie Mainoo following the Premier League match between Manchester United FC and AFC...

Menimcha, u bilan ritm va temp borasida ko‘proq ishlash kerak. Ayrim paytlarda u ajoyib o‘ynaydi, lekin yanada kuchli bo‘lishi mumkin. Menda uning uchun katta rejalar bor, ammo jamoada raqobat juda kuchli" – deydi murabbiy "UtdDistrict"ga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, 19 yoshli angliyalik futbolchi MYu safida 72 o‘yinda 7 ta gol va 2 ta assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!