
"An-Nasr" bosh murabbiyi: "Ronaldu eng yaxshi holatda ekaniga ishonch hosil qilishimiz kerak"
Saudiya Arabistoning "An-Nasr" klubi bosh murabbiyi Rudi Garsiya kechagi o‘yindan so‘ng Krishtianu Ronaldu borasida fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Krishtianuni hamma biladi. U "Oltin to‘p"ning 5 karra sohibi. Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri, shubhasiz.
Biz uning eng yaxshi holatda ekaniga ishonch hosil qilishimiz kerak. Ronaldu bu erda o‘ynashdan zavqlanishini istayman. U kechagi debyutidan mamnun bo‘ldi", - dedi jamoa bosh murabbiyi.
Eslatib o‘tamiz, "Al-Ittifoq"ga qarshi kechgan bellashuvda "An-Nasr" Taliskaning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi - 1:0. Rudi Garsiya bu o‘yinda hamyurtimiz Jaloliddin Masharipovni zaxirada qoldirdi.
Fikrlar