
"An-Nasr" Lyaportning yagona goli evaziga qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi
Saudiya Arabistoni chempionatining 29-turidan o‘rin olgan "Al-Halij" va "An-Nasr" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bellashuvda riyodliklar minimal hisobda g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona golni himoyachi Emerik Lyaport o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, "An-Nasr" ushbu g‘alabadan keyin ochkolar sonini 71 taga etkazib oldi. Bitta kam o‘yin o‘tkazgan "Al-Hilol" 80 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar