
“An-Nasr” murabbiyi Ronaldu haqida katta gapirib qo‘ydi
Jahon futbolida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronaldu Osiyo futbolida rasmiy debyutini o‘tkazdi. Saudiya Arabistoni chempionatining 14-turida portugaliyalik yulduz “An-Nasr”ni sardor sifatida maydonga olib tushdi.
Bellashuvda braziliyalik legioner Anderston Taliska tomonidan kiritilgan yagona gol Ronaldu jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Uchrashuvdan keyin “An-Nasr” bosh murabbiyi Rudi Garsiya Krishtianu Ronaldu haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.
- Ronaldu jahon futboli tarixidagi eng zo‘r o‘yinchilardan biri. Shuning uchun biz uni eng zo‘r formasiga qaytarish uchun qo‘limizdan kelgan hamma narsani qilishimiz kerak.
Men uning o‘yindan bahra olishini istayman. Ronaldu yangi jamoasi bilan birinchi bor o‘ynaganidan baxtiyor ekani ko‘rinib turgandi, - dedi Rudi Garsiya.
Fikrlar