"An-Nasr" yulduzi Ispaniyaga qaytmoqchi...

  • 13 mart, 2024, 18:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" klubi himoyachisi Emerik Lyaport faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. "Todofichajes" nashrining xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchining xizmatlariga Madridning "Atletiko" jamoasi qiziqmoqda.

Tomonlar allaqachon dastlabki muzokaralarni o‘tkazishgan. "Matraschilar" Lyaportni sotib olish bandi bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Emerikning riyodliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. 29 yoshli himoyachining transfer qiymati 25 million evroga baholanmoqda.

Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida Lyaport 18 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бобурни Парпиев
13/03/2024 20:45
Тепадаги постда фарух сайфиев пахтакорми ë навбахорми