
“An-Nasr” yulduzlari Evropaga qaytmoqchi
Krishtianu Ronaldu etakchiligidagi “An-Nasr” yulduzlaridan ikki nafari Evropaga qayishni rejalashtirgan. Bu haqda taniqli jurnalist Ekrem Konur xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, himoyachi Emerik Lyaport va yarim himoyachi Seko Fofana Evropa klublari safiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Har ikki futbolchiga Angliya, Ispaniya va Italiya jamoalaridan jiddiy qiziqish bo‘lyapti.
Har ikki futbolchi Saudiya Arabistoniga o‘tgan yoz kelgan edi. Laport yangi jamoasi uchun barcha turnirlarda 20 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol va bitta assist qayd etdi.
Fofana riyodliklar tarkibida 17 marotaba maydonga tushdi. Seko ham o‘z hisobiga ikkita gol va bitta assist rasmiylashtirgan.
Fikrlar