"An-Nasr" Zidanga qancha maosh bermoqchi?

  • 17 aprel, 2023, 14:08
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real" sobiq murabbiyi Zinedin Zidan faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin.

Marca nashrining xabariga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu harakat qilayotgan "An-Nasr" klubi frantsiyalik mutaxassisni taklif qilmoqchi. Riyodliklar Zidanga yiliga 60 million evro maosh berishga tayyor. Klub u bilan ikki yillik shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Zinedin hozircha bu taklifga javob berganicha yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "An-Nasr" bosh murabbiy Rudi Garsiya bilan kelishuvni bekor qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!