
"An-Nasr"ga portugaliyalik murabbiyni olib kelishmoqchi
Stefano Pioli "An-Nasr" bosh murabbiylik lavozimini tark etdi. Krishtianu Ronaldu va jamoaning keyingi murabbiyi portugaliyalik Jorje Jezush bo‘lishi mumkin.
"FootMercato" nashrining xabar berishicha, so‘nggi soatlarda "An-Nasr" 70 yoshli mutaxassis bilan muzokaralar olib bormoqda. Jezush may oyi boshida "Al-Hilol" bosh murabbiyligidan ketgan edi.
Ushbu jamoa boshqaruvida portugaliyalik mutaxassis 99 ta o‘yin o‘tkazib, ularning 80 tasida g‘alaba qozongan, 10 tasida durang va 9 tasida mag‘lubiyatga uchragan.
Eslatib o‘tamiz, "An-Nasr" o‘tgan mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatini turnir jadvalida uchinchi o‘rinda yakunlagan edi. "Al-Hilol" ikkinchi o‘rinni egallagan, "Al-Ittihod" esa chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar