
Ana xolos! Afrika Millatlar ligasida ochilish uchrashuvi bo‘lmasligi mumkin
Zimbabve terma jamoasi bugun start oladigan Afrika Millatlar ligasi musobaqasida ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin.
Associated Press nashri tarqatgan xabarga ko‘ra futbolchilarga turnirda ishtirok etish uchun va’da qilingan pullar berilmagan. Buning ortidan ayrim futbolchilar o‘zlarini terma jamoa qarorgohidan qo‘yib yuborishlarini so‘rab murojaat qilishgan. Kecha aynan mana shu masalada Zimbabve futbol federatsiyasi rahbariyati va terma jamoa futbolchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Biroq, yakunda murosaga kelinmagan.
Eslatib o‘tamiz, zimbabveliklar bugun musobaqa mezboni – Misr terma jamoasiga qarshi maydonga tushishlari belgilangan. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.
Fikrlar