Ana xolos! "An-Nasr" FIFA tomonidan transfer taqiqiga uchradi

  • 12 iyul, 2023, 17:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA Saudiya Arabistonining "An-Nasr" jamoasiga transfer taqiqi qo‘yilganini ma’lum qildi. Klub nigeriyalik futbolchi Ahmad Musa uchun "Lester"ga qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirmagan.

Shu tariqa, riyodliklar yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi. Tarkibga kelib qo‘shilishi kutilayotgan Hakim Ziesh aynan shu taqiq sabab "An-Nasr" futbolchisi bo‘la olmasligi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, 2018 yilda Musa klub safiga kelib qo‘shilgan. Riyodliklar transfer uchun qo‘shimcha 390 ming funt to‘lamagani aytilmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!