Ana xolos! “Arsenal”yana sakkiz futbolchini transferga qo‘yadi

  • 18.02.2021 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Arsenal” rahbariyati bosh murabbiy Mikel Arteta boshchiligida jamoa tarkibini qayta shakllantirishga qaror qildi. Hozirgi tarkib premer-ligadagi raqobatga dosh bera olmayapti.

Qishki transferlar vaqtida “kanonirlar” jamoaga kerak bo‘lmay qolgan yulduzlar – pleymeyker Mesut O‘zil, himoyachilardan Shkodran Mustafi va Sokratisdan qutildi. Endi tozalash ishlari yozda ham davom ettiriladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Mikel Arteta klub rahbariyatiga jamoaga foydasi tegmayotgan yana sakkiz nafar futbolchi ro‘yxatini bergan. Unga ko‘ra, ispaniyalik murabbiyga hozir ijarada o‘ynayotgan Jo Uillok, Mateo Genduzi, Lukas Torreyra va  Eynsli Meytlend-Nailz kerak emas. Shuningdek, Aleksandr Lyakazett, Eddi Nketia, Riss Nelson va David Luiz ham yozda London klubini tark etishi kerak.

“Arsenal” bu futbolchilar transferidan keladigan va maoshidan tejaladigan mablag‘larni yangi o‘yinchilarni olishga yo‘naltiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!