Ana xolos! “Barsa” Frenki de Yong raqamini boshqa o‘yinchiga berib yubordi

  • 16 iyul, 2022, 16:12
  • 0
  • Futbol

“Barselona” niderlandiyaning pleymeyker Frenki de Yong transferini “Manchester Yunayted” bilan kelishib bo‘ldi.

Lekin o‘yinchining o‘zi Manchesterga borishdan bosh tortmoqda. Frenki Kataloniya klubida o‘ynamoqchi.

Shunga qaramay, “Barselona” bu transferda qat’iy turibdi. Xususan, kataloniyaliklar Frenki de Yongni AQSh turnesiga boradigan o‘yinchilar ro‘yxatidan chiqardi. Bundan tashqari, klub mutasaddilari pleymeykerga tegishli 21-raqamni  Ferran Torresga berib yubordi.

Frenki de Yongning ketishi klubga yangi o‘yinchilar – Frank Kessi va Andreas Kristensenni qaydnomadan o‘tkazish imkonini beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!