
Ana xolos: “Barsa” Levandovskidan voz kechmoqda. Sababi aniq
“Barselona” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Xavi Ernandes jamoasi bu yil nufuzli sovrinlardan quruq qoldi.
Kataloniyaliklak tarkibni shakllantirishda klubning moliyaviy ahvolini inobatga olishga majbur.
The Athletic nashrining yozishicha, klub mutasaddilari transferga qo‘yiladigan o‘yinchilar ro‘yxatini tuzib bo‘lgan. Ular orasida to‘purar Robert Levandovski ham bor.
Garchi polshalik forvard kelasi mavsum ham jamoada qolish istagini bildirgan bo‘lsa-da, klub rahbarlari orasida uni sotib yuborilishini talab qilayotganlar ham ko‘p.
Bu birinchi navbatda, klubning moliyaviy ahvoli bilan bog‘liq. 35 yoshli forvard eng katta maosh olayotgan o‘yinchi hisoblanadi. Qolaversa, jahon darajasida nomi chiqqan yulduzni Saudiya Arabistoni klublariga qimmatroq narxga sotib yuborib, g‘aznaga mo‘may kirim qilish imkoni bor.
Fikrlar