Ana xolos. “Barsa” rahbariyati Xavini ishdan bo‘shatmoqchi

  • 28 noyabr, 2023, 10:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ni o‘tgan mavsum chempioniga aylantirgan Xavi Ernandesning ham bosh murabbiylikdagi o‘rni kafolatlanmagan bo‘lib chiqdi.

Klub xo‘jayinlariga jamoa o‘yinida pasayish kuzatilayotgani yoqmayapti. Xavi shogirdlari Chempionlar ligasining o‘tgan turida “Shaxtyor”dan mag‘lubiyatga uchradi. Ispaniya chempionatida “Rayo Valekano”ni enga olmadi.

Qolaversa, ashaddiy raqib – “Real” bir oy muqaddam “Kamp Nou”da “Barselona”ni taslim qilgani rahbariyatda Xavi Ernandes loyihasiga shubha tug‘dirgan edi.

AS nashrining ma’lum qilishicha, Chempionlar ligasi doirasida “Portu” bilan bo‘ladigan bahs, Xavi Ernandes uchun katta sinov bo‘ladi. Agar jamoa bu o‘yinda ochko yo‘qotadigan bo‘lsa, klub mutasaddilari bosh murabbiyni iste’foga chiqarishi mumkinligi aytilmoqda.

“Barselona”ni  2021 yildan beri boshqarayotgan ispaniyalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
28/11/2023 11:17
Факат Моуринони омаларинг