Ana xolos! "Barselona" Rakitich bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas

  • 26.03.2019 21:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" klubi rahbariyati jamoaning xorvatiyalik yarim himoyachisi Ivan Rakitichga yangi shartnoma taklif qilmaslikka qaror qildi.

ESPN tarqatgan xabarga qaraganda kataloniyaliklar 30 yoshli futbolchining maoshini oshira olishmaydi va shu boisdan ham u bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirishmayapti. Biroq, jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde Rakitichni tarkibda saqlab qolmoqchi.

Ma’lumot uchun, Rakitich joriy mavsum 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!