Ana xolos! Bu futbolchi uchun “Manchester Yunayted”dan 100 million evro talab qilishdi

  • 1 avgust, 2022, 19:08
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" "Ayaks" hujumchisi Antonini sotib olish fikridan voz kechishga tayyor, deb xabar berdi “Sky Sports” nashri.

Amsterdam klubi 22 yoshli futbolchi uchun 100 million evro talab qildi, Mankunianliklar rahbariyati esa bu summani juda qimmat deb hisoblamoqda. "Qizil iblislar" braziliyalikning forvardni sotib olishni istamoqda, biroq "Ayaks" moliyaviy talablarni sezilarli darajada kamaytirsagina o‘z safiga qo‘shib oladi.

Futbolchining Niderlandiya klubi bilan shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi. “Transfermarkt” portali Antonining narxini 35 million evroga baholamoqda.

O‘tgan mavsumda hujumchi barcha musobaqalar doirasidagi 32 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol va 10 ta golli uzatmani             yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!