
Ana xolos! Evropa davlatlari FIFA a’zoligidan chiqib ketmoqchi
UEFAga a’zo 10 dan ortiq davlat assotsiatsiyalari FIFA tomonidan jahon chempionatini har ikki yilda bir marta o‘tkazish rejasi e’lon qilinganidan so‘ng ushbu tashkilot safidan chiqish haqida o‘ylay boshlagan.
Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq FIFA milliy federatsiyalarga mundialni har ikki yilda bir marta o‘tkazish haqida hujjat tarqatgan edi. Ushbu o‘zgarishlar 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin qabul qilinishi taklif qilinmoqda.
Bungacha FIFA rahbari Janni Infantino har ikki yilda bir marta jahon chempionatini o‘tkazish g‘oyasining asosiy afzalliklari haqida to‘xtalib o‘tgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2026 yildan boshlab jahon chempionati 48 davlat ishtirokida o‘tishi allaqachon hal qilingan masala bo‘lib, jahon chempionatini har ikki yilda o‘tkazish masalasi esa hali muhokama qilinmoqda.
Fikrlar