Ana xolos: FIFA bir jamoani jahon chempionatidan chetlatdi

  • 21 mart, 22:25
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi – FIFA o‘zining rasmiy sayti orqali 2025 yili klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan Meksikaning “Leon” jamoasini chetlatganini ma’lum qildi.

Tecno

- FIFA Tartib-intizom qo‘mitasi Meksikaning “Pachuka” va “Leon” jamoalari ishini xalqaro tashkilotning Apellyatsiya qo‘mitasiga o‘tkazgan edi.

O‘tkazilgan o‘rganishlardan keyin FIFA Apellyatsiya qo‘mitasi rahbari “Pachuka” va “Leon” klublar o‘rtasidagi jahon chempionati reglamentining birinchi moddasiga ko‘ra, bir paytda bir turnirda qatnasha olmasligini aniqlagan.

Shu bois, FIFA mutasaddilari Reglamentning to‘rtinchi bandiga asosan “Leon” klubini jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoalar qatoridan chiqarishga qaror qildi. Endi tez orada bu klub o‘rnini qaysi jamoa egallashi hal etilib, qo‘shimcha tarzda e’lon qilinadi, - deyiladi FIFA bayonotida.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati shu yilning 15 iyunidan 13 iyuliga qadar AQShda o‘tkazaladi. Meksikaning “Pachuka” va “Leon” klublariga egalik qiluvchi kompaniya bitta bo‘lgani uchun bu klublar bir paytda musobaqada qatnasha olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
22/03/2025 10:14
шуни ма'лумот деб ёзиб чикардинглар-ми?
Bobur Xoʼjayev
22/03/2025 05:07
Qoyil...