
Ana xolos: Ishsiz qolgan Serxio Ramosni “Real”ga olib kelishadi
“Real” himoyachilar tanqisligiga duch keldi. Orqa chiziqning bir necha vakillari jarohat tufayli jamoaga yordam bera olmaydi.
Klub rahbariyati tezkor echim sifatida jamoaning sobiq sardori Serxio Ramosni “Real”ga qaytarish variantini tanladi.
Serxio Ramos 2021 yili Madridni tark etganidan keyin ikki yil davomida PSJ sharafini himoya qildi. 38 yoshli markaziy himoyachi o‘tgan mavsumda “Sevilya”da to‘p tepdi.
Hozir mashhur futbolchi erkin agent hisoblanadi. Uning bu maqomi “Qirollik klubi”ga futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish imkonini beradi.
Ramosning o‘zi ham faoliyatining so‘nggi qismida qadrdon jamoasiga qaytishga qarshilik qilmasligi aytilmoqda. Buning uchun “Real”dan chorlov bo‘lsa bas.
Fikrlar