Ana xolos: "Lokomotiv" OChLni eski libosda boshlaydi
Bugun “Lokomotiv” yangi mavsum oldidan jamoaga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o‘tkazmoqda. Taqdimot marosimi “Lokomotiv” stadioni matbuot anjumanlar zalida bo‘lib o‘tmoqda.
Marosim avvalida klub bosh direktori - To‘labek Akramov so‘zga chiqdi va jamoaning moliyaviy imkoniyatlari borasida ma’lumot berib o‘tdi.
"Biz obro‘li bank ("Orient Finans Bank" klubning yangi titul homiysi, mual.) bilan hamkorlikka erishdik.
Liboslarni 1 mart sanasiga qadar futbolchilarga beramiz. Shuni aytishim kerakki, OChLning 1-turini eski formada boshlaymiz.
Bu futbolchilar erkin agent sifatida jamoamiga qo‘shilishdi. Oldin ham aytganman, "Loko"ning ayni paytda katta transferlar qilishga imkoniyati yo‘q", - deb aytib o‘tdi

Fikrlar