
Ana xolos: “Manchester Siti” Gvardiola o‘rniga boshqa murabbiy tanladi
“Manchester Siti” joriy mavsum yakunlangach, bosh murabbiy Xosep Gvardiolani qo‘ldan chiqarishi mumkin. Bu haqda Todofichajes nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, Xosep Gvardiola shartnomasi yakunlanganidan keyin Manchesterni tark etishga qaror qilgan.
Bu mutaxassis qo‘l ostida o‘z tarixidagi eng zo‘r natijalarni qayd etgan “shaharliklar” Gvardiolaga o‘rinbosar topib qo‘ydi. Angliyaliklar bu gal ham jamoaga ispaniyalik murabbiy oladigan bo‘lyapti.
“Manchester Siti” rahbariyati “Jirona”ni La Liga grandlari qatoriga qo‘shgan Michelni nishonga oldi. Tez orada bu mutaxassis bilan muzokaralar boshlanishi kutilyapti.
Fikrlar