Ana xolos! Mayk Tayson yana ringga qaytmoqda
"O‘tgan hafta men lapalar bilan ishladim. Bu men uchun qiyinchiliklar tug‘dirdi. Tanam ancha formadan chiqib qolgan. Men sport formamni tez orada tiklab, bir nechta janglarda ishtirok etishni istayman. Men eng kamida 3-4 raundlik shou janglarida qatnashishni rejalashtirganman. Tushgan pullar to‘liqligicha xayriya uchun sarflanadi. Men kardiom ustida bir necha soatlab ishlayapman. Tez orada ko‘rishamiz", - deydi "temir Mayk".
Ma’lumot uchun, Tayson faoliyatini 2005 yilda Kevin Makbraytga mag‘lubiyatga uchragan holda yakunlagan edi.
Fikrlar