Ana xolos! Mbappedan voz kechishdi

  • 13.03.2021 14:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” rahbarlari PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni transfer qilish fikridan qaytdi. Avvalroq, Yurgen Klopp jamoasi bu futbolchi uchun asosiy da’vogar hisoblanardi.

Ma’lumotlarga qaraganda, liverpulliklar Mbappening maoshini ko‘tara olmaydi. Chunki 22 yoshli hujuchi PSJdan yiliga 35 million evro talab qilmoqda va “Liverpul”ga keladigan bo‘lsa ham, taxminan shuncha maosh so‘raydi.

Ayni paytda frantsiyalik hujumchi PSJ bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Aslini olganda, Evropada bir futbolchiga yiliga 35 million evrodan to‘lashga qodir boshqa jamoa ko‘zga ko‘rinmayapti.

Mbappe joriy mavsumda Frantsiya chempionatida 23ta uchrashuvda 18 ta gol urdi va oltita golli pas oshirdi. Uning klub bilan hozirgi shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!