Ana xolos! Messi 2026 yil oxirida futboldan ketishni o‘ylayapti

  • 28.09.2026 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Inter Mayami» klubi hujumchisi Lionel Messi yaqin yillarda professional futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqida Footyheadlines nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, 39 yoshga to‘ladigan argentinalik yulduz 2026 yilning oxirida katta futbol bilan butunlay xayrlashish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Ayni paytda bu — «Oltin to‘p»ning sakkiz karra sohibini o‘ylantirayotgan bir necha stsenariylaridan biri ekani ta'kidlanadi.

Messi 2023 yil yozidan buyon AQShning «Inter Mayami» jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil dekabrida nihoyasiga yetadi.

Bundan oldin Lionel Messi uzoq yillar davomida kataloniyalik «Barselona» tarkibida o‘ynagan, keyinchalik esa fransuz klubi PSJ safida maydonga tushgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!