Ana xolos! Messi uchun "Tottenxem" ham kurashga qo‘shildi

  • 9 avgust, 2021, 12:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi "Barselona"ning sobiq hujumchisi Lionel Messiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Football Espana.

Nashrning yozishicha, "shporlar" argentinalik futbolchini klubni tark etishga yaqin turgan hujumchi Xarri Keynga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

"Tottenxem" rahbariyati Keynning transferidan tushadigan mablag‘ Messining moliyaviy talablarini qondirish uchun etarli bo‘lishiga ishonmoqda.

Ammo PSJ Messi uchun kurashda favoritligicha qolmoqda. Shuningdek, yulduz hujumchiga Madridning "Atletiko" klubi ham da’vogarlik qilayotgani haqida xabarlar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!