Ana xolos! Messining haykali Madridda qad rostlaydi

  • 6 dekabr, 2019, 22:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi “Barselona” klubi forvardi Lionel Messining erishgan yutuqlarini abadiylashtirish maqsadida unga haykal o‘rnatmoqchi.

Tecno

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli argentinalik futbolchining haykali Madrid provintsiyasida joylashgan Las-Rosas shahrida qad rostlaydi.

Qayd etish lozimki, Messining haykali Alfredo Di Stefano, Pele va Diego Maradona kabi futbol afsonalarining haykallari qatoriga joylashtiriladi. Biroq, bu haykal Messi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng o‘rnatiladimi yoki undan oldinmi, bu hozircha aniq emas.

Eslatib o‘tamiz, Messi yaqinda faoliyatidagi oltinchi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi va bu borada mutlaq jahon rekordchisiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!